Rossiya razvedka kemasi uni kuzatib borgan Britaniya harbiy kemasiga lazer yo‘naltirdi, London harbiy choralarni istisno etmadi.
Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hilining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, London “Yantar” kemasining “juda xavfli” harakatlarini “nihoyatda jiddiy” qabul qilmoqda.
"Rossiya kemasi hozirda Shotlandiyaning shimolida joylashgan bo‘lib, so‘nggi bir yil ichida ikkinchi marta Buyuk Britaniya hududiy suvlariga kirgan", — dedi Hill.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya kemani kuzatishda davom etadi va agar “Yantar” xavfli tarzda yo‘nalishini o‘zgartirsa, harbiy choralar ko‘rishga tayyor.