Madridning "Real" klubi tez orada bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan xayrlashishini e’lon qiladi.
Braziliya futbol konfederasiyasi italiyalik mutaxassis tayinlanganini 12 may kuni e’lon qilgandi, "qaymoqranglilar" esa bu borada hali rasmiy bayonot bergani yo‘q. Jurnalist Migel Anxel Diasning ma’lum qilishicha, "Real" Anchelottining ketishini juma kuni, murabbiy uchun xayrlashuv o‘yiniga aylanadigan La Liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yindan bir kun oldin e’lon qiladi.
"Real"ning yangi boshqaruvchisi etib Xabi Alonso tayinlanadi. Katta ehtimol bilan, bu haqda Anchelotti bo‘yicha bayonotdan keyin e’lon qilinadi.