Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Anchelotti tez orada "Real"dan iste’foga chiqarilishi mumkin

A A A
Anchelotti tez orada "Real"dan iste’foga chiqarilishi mumkin

«Real» tez orada bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste’foga chiqarishi mumkin. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyati La Liga doirasidagi «Valensiya» va Chempionlar ligasi doirasidagi «Arsenal» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatlardan so‘ng Anchelottidan norozi. Agar madridliklar o‘z uyida Mikel Arteta shogirdlarini mag‘lub eta olmasa, Karlo ishdan bo‘shashi mumkin.

Hozirda uning o‘rniga «Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonso asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Shuningdek, Zinedin Zidanning uchinchi marta «qirollik klubi» ustozi bo‘lish ehtimoli mavjudligi aytilmoqda.

Avvalroq Anchelotti iste’foga chiqarilsa, Braziliya milliy jamoasini boshqarishga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 09:10 10.04.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!