Bosh murabbiy Karlo Anchelotti "Real"dan Braziliya terma jamoasiga o‘tishi haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassisga eng muvaffaqiyatli klubdan eng muvaffaqiyatli terma jamoaga o‘tayotganini aytishdi.
"Ikkala hissiyot ham juda yoqimli. "Real"ga boshqa klub uchun xiyonat qilmayotganimdan, balki futbol tarixidagi eng katta tarixga ega milliy jamoaga o‘tayotganimdan juda xursandman. Ular besh karra jahon chempioni. Bu juda katta chaqiriq, lekin menga bu imkoniyat - Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati yoqadi. Bu ko‘plab his-tuyg‘ularga ega ajoyib kunlar bo‘ladi," - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
Karlo Anchelotti 26 may kuni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.