Agar bosh murabbiy Karlo Anchelotti kelasi mavsumda jamoada qolsa, turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler "Real"ni tark etishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, bu haqda 20 yoshli futbolchi "qirollik" klubi prezidenti Florentino Peres bilan suhbatda aytib o‘tgan. Gyuler Anchelotti bergan o‘yin vaqtidan mamnun emas.
Joriy mavsumda Arda "Los Blankos" safida 34 ta o‘yinda qatnashdi va ko‘pincha zaxiradan maydonga tushdi. Turk futbolchisi uchta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi va madridliklar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning yozida yakuniga etadi.