Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

«An-Nasr» sotuvga qo‘yilishi mumkin: Ronaldu ham ulush oladi

«An-Nasr» sotuvga qo‘yilishi mumkin: Ronaldu ham ulush oladi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida nafaqat futbolchi, balki aksiyador maqomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Portugaliyalik yulduz jamoa aksiyalarining 20 foizini qo‘lga kiritishi ehtimoli muhokama qilinmoqda.

Semafor nashrining xabar berishicha, «Milan» klubiga egalik qiluvchi RedBird Capital Partners kompaniyasi hamkorlari bilan birgalikda «An-Nasr»ning 70 foiz ulushini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Investorlar buning uchun taxminan 267 million dollar to‘lashga tayyor bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida kamida ikkita uchrashuv o‘tkazilgan. Biroq muzokaralar hali dastlabki bosqichda bo‘lib, kelishuvga erishilishi kafolatlanmagan.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasi (PIF) klubning qariyb 213 million dollarlik qarzini bartaraf etish ustida ishlamoqda. Buning uchun jamg‘arma portfelidagi kompaniyalar bilan homiylik shartnomalarini tuzish rejalashtirilgan.

Ehtimoliy bitimda Saudi Media Company ham ishtirok etishi mumkin. Shunga qaramay, klubning kelajakdagi mulkchilik tuzilmasi hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatida sakkiz turdan keyin oltita g‘alaba bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:58 22.10.2026. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!