Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«An-Nasr» Ronaldu tufayli Elit OCHL o‘yinini Tehrondan boshqa joyni ko‘chirishni so‘radi

«An-Nasr» Ronaldu tufayli Elit OCHL o‘yinini Tehrondan boshqa joyni ko‘chirishni so‘radi

"An-Nasr" Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi Eronning "Istiqlol" jamoasiga qarshi uchrashuvni Tehrondan neytral maydonga ko‘chirishni so‘radi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Bu qarorga saudiyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu sabab bo‘lgan. 2023 yil sentyabr oyida "An-Nasr" Tehronda "Persepolis" bilan uchrashgandi (2:0). O‘shanda mahalliy polisiya yulduzli portugaliyalik futbolchi joylashgan mehmonxonaga kirishga uringan muxlislar izdihomini tarqatishga majbur bo‘lgan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Osiyo futbol konfederasiyasi "An-Nasr"ning iltimosini rad etgan. Uchrashuv 3 mart kuni Tehrondagi "Ozodiy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:50 01.03.2025. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!