Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"An-Nasr" "Bavariya" yulduziga super taklif berdi

"An-Nasr" "Bavariya" yulduziga super taklif berdi

"An-Nasr" Kingsli Komanga shartnoma taklif qildi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni klubi "Bavariya" bilan vinger transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagani ma’lum bo‘lgandi.

"An-Nasr" fransiyalik futbolchiga 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan va uning maoshi yiliga 20-25 million yevroni tashkil etadi.

Hozircha Kingsli Koman ushbu taklif bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. Shuningdek, saudiyaliklar ham hali myunxenliklarga rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Koman o‘tgan mavsumda Bundesligada 28 ta o‘yinda 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 10:21 09.08.2025. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!