Donald Trampni ikkinchi prezidentlik muddatining ikkinchi yilida amerikaliklarning atigi 38 foizi uning davlat rahbari sifatidagi faoliyatini ijobiy baholamoqda, 56 foizi esa u olib borayotgan siyosatni ma’qullamaydi.
Bunday ma’lumotlarni YouGovso‘rovnomasi asosida The Economist nashri keltirgan. Ushbu hisob-kitoblarga ko‘ra, ikkinchi muddat boshida Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilar va qarshilar o‘rtasidagi farq 2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 18 foizgacha yetgan, ya’ni uni qo‘llab-quvvatlash keskin pasaygan.
Nashr, shuningdek, Tramp hokimiyatga kelganining 378-kuniga oid so‘rovnimalar natijalaridagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi: “mamlakat to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda”, deb hisoblaydigan amerikaliklar ulushi 37 foizdan 31 foizgacha kamaygan, mamlakat siyosatidan norozilar esa 50 foizdan 60 foizgacha ko‘paygan.
Amerikaliklar Tramp faoliyati natijalaridan, xususan uning eng muhim ikki saylovoldi va’dasi — inflyasiyani pasaytirish va “noqonuniy immigrasiya oqimini” to‘xtatish borasidagi harakatlaridan norozi.