Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amerikaliklar Isroilni shoshilinch tark etmoqda

Amerikaliklar Isroilni shoshilinch tark etmoqda

AQSh Isroildan “chiqib ketishga ko‘maklashuvchi reyslarni” boshladi, deb xabar berdi The Wall Street Journal shanba kuni. AQSh Davlat departamenti vakili ma’lum qilishicha, ikki reys orqali 70 nafar amerikalik fuqarolar, ularning oila a’zolari va AQShda doimiy yashovchi shaxslar Tel-Avivdan Afinaga uchirilgan.

❕ Davlat departamenti Isroilga 4-darajali sayohat ogohlantiruvi e’lon qildi, fuqarolarni “qurolli to‘qnashuv, terrorizm va fuqarolik tartibsizliklari” sababli u yerga bormaslikka chaqirdi.

Qo‘shimcha ma’lumot:
AQSh hukumati fuqarolarini — ayniqsa, Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy mojaro tahdidi ostidagi hududlarda bo‘lganlarni — imkon qadar mustaqil tarzda evakuasiya qilishga chaqirmoqda. Isroilda yoki G‘arbiy Sohilning bosib olingan hududlarida yashovchi AQSh fuqarolari yoki doimiy yashovchi shaxslar yordamga muhtoj bo‘lsa, Davlat departamentining maxsus inqiroz shaklini to‘ldirish orqali murojaat qilishlari mumkin.

🗣 Bunga qadar AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi uchta yadro ob’ektiga (Fordo, Natanz va Isfahon) uyushtirilgan “muvaffaqiyatli hujum” haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek, yakshanba tongida Eronning Tehron, Qum, Koshon va Tabriz shaharlarida havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ishga tushirilganini mahalliy OAV xabar berdi. Tez orada Isfahon, Koshon va Qum shaharlarida portlashlar eshitilgan.

Harbiy harakatlar 13-iyun kuni boshlandi, o‘shanda Isroil Eron bo‘ylab bir necha harbiy va yadro ob’ektlariga aviahujumlar bergan edi. Bu zarbalar Tehronni javob zarbalari berishga undadi.

Isroil rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, Eronning raketa hujumlari oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning hujumlari oqibatida 430 kishi halok bo‘lgan, 3500 dan ortiq kishi yaralangan.

Kiritildi: 13:52 22.06.2025. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!