Amerikaning Sports Illustrated jurnali dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» sovriniga da’vogar o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatdan 15 nafar futbolchi o‘rin oldi.
Kutilishicha, yangi g‘olibni tanlashda futbolchining yuqori darajadagi o‘yinlardagi ishtirokiga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Bu esa yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati natijalari eng yaxshi futbolchini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini anglatadi. Kuchli o‘nlikni sovrinning o‘tgan yilgi sohibi Usmon Dembele yakunlab bergan bo‘lsa, favoritlar uchligidan Harri Keyn, Lamin Yamal va Maykl Olise o‘rin olgan.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
Harri Keyn — «Bavariya» / Angliya
Lamin Yamal — «Barselona» / Ispaniya
Maykl Olise — «Bavariya» / Fransiya
Kilian Mbappe — «Real Madrid» / Fransiya
Deklan Rays — «Arsenal» / Angliya
Vitinya — «PSJ» / Portugaliya
Pedri — «Barselona» / Ispaniya
Erling Xoland — «Manchester Siti» / Norvegiya
Lionel Messi — «Inter Mayami» / Argentina
Usmon Dembele — «PSJ» / Fransiya
Brunu Fernandesh — «Manchester Yunayted» / Portugaliya
Luis Dias — «Bavariya» / Kolumbiya
Vinisius Junior — «Real Madrid» / Braziliya
Rafinya — «Barselona» / Ispaniya
Krishtianu Ronaldu — «An-Nasr» / Portugaliya
Mukofot sohibi nomi yil yakuniga yaqin ma’lum bo‘ladi.