Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Amazon o‘zining shaxsiy atom elektr stansiyasini qurish rejasini e’lon qildi

Amazon o‘zining shaxsiy atom elektr stansiyasini qurish rejasini e’lon qildi

Jeff Bezos yendi atom texnologiyalariga katta e’tibor qaratayapti: internet giganti Amazon o‘zining birinchi atom elektr stansiyasi loyihasini taqdim etdi. Kompaniya serverlari va sun’iy intellekt dasturlarini energiya bilan mustaqil ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Vashington shtatida quriladigan yangi inshoot Cascade Advanced Energy Facility deb nomlanadi. Uning dastlabki bosqichida to‘rtta Xe-100 turdagi kichik reaktor o‘rnatiladi. Umumiy reja bo‘yicha esa 12 tagacha kichik modulli reaktorlar (SMR — Small Modular Reactors) quriladi.

Bu mini-reaktorlarni Amerikadagi X-energy kompaniyasi ishlab chiqaradi. Amazon ushbu kompaniyaga 2024 yil oktyabrida taxminan 500 million dollar sarmoya kiritgan edi. Loyihaga boshqa investorlar ham qo‘shilgan.

Loyihaning birinchi bosqichida reaktorlar 320 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Barcha reaktorlar ishga tushirilgandan so‘ng, umumiy quvvat 960 megavattga yetadi — bu taxminan 3,8 million xonadonni tok bilan ta’minlashga yetadi.

▶️ Energiya nimalarga sarflanadi?

Amazon bu energiyani asosan:

  • o‘zining serverlari,

  • sun’iy intellekt (AI) tizimlari

  • va raqamli infratuzilmasi uchun ishlatishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya o‘zining CO₂ chiqindilarini kamaytirish maqsadida ham ushbu loyihani amalga oshirmoqda.

Kiritildi: 10:00 20.10.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!