Alyaska shtati osmonida 10 kishi bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi.
Bu haqda Anchorage Daily News xabar bermoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Bering Air samolyoti Unalaklitdan Nomga uchayotgan edi. Samolyotda to‘qqiz nafar yo‘lovchi va bir nafar uchuvchi bo‘lgan.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Nashrning qayd etishicha, qidiruv ishlariga noqulay ob-havo sharoiti va ko‘rishning yomonligi to‘sqinlik qilmoqda.