Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Alvaro Arbeloa hozirgi paytda dunyoning eng kuchli ikki futbolchi kim ekanligini aytdi

Alvaro Arbeloa hozirgi paytda dunyoning eng kuchli ikki futbolchi kim ekanligini aytdi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Juniorni ayni paytda dunyoning eng kuchli ikki futbolchisi deb e’tirof etdi. Bu haqda Daily Post nashri xabar berdi.

“Mbappe va Vinisius? Ular dunyoning eng kuchli ikki futbolchisi. Ayni paytda Vinísius ham, Mbappe ham yuqori formada. Ular bilan bir jamoada ishlayotganimdan juda xursandman. Biz hozir Vinisiusning eng yaxshi davriga guvoh bo‘lyapmiz. Uning bu yerda bo‘lishi — men uchun katta omad”, dedi Arbeloa MadridXtra nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Ispaniya La Ligasi 21-turidan so‘ng 51 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub yekatchi “Barselona”dan 1 ochko ortda qolmoqda. “Qirollik klubi” navbatdagi uchrashuvni “Rayo Valekano”ga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yaqinda “Real” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bunga qadar o‘rinbosarlar jamoasi — “Kastilya”da ishlab kelayotgan edi. U hozirga qadar klub ustozi sifatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Kiritildi: 23:49 27.01.2026. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!