Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Allohning toati yo‘liga molini sarflaydigan kishi misoli

Allohning toati yo‘liga molini sarflaydigan kishi misoli

Allohning toati yo‘liga molini sarflaydigan kishi Qur’onda bunday tasvirlanadi: “Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chi­qaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko‘paytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon Zotdir” (Baqara, 261). Xuddi shu kabi Alloh uchun o‘z molini sadaqa qiladigan kishiga ham bular taalluqlidir. Alloh kimga xohlasa ko‘paytirib beradi. Ya’ni, unga savobini oxiratda birdan yetti yuzgacha yoki milliongacha yoki Alloh o‘zi xohlaganicha cheksiz oshirib beradi, Alloh karamlidir. Mana shu ziyodaliklar bilan saxiydir. Sadaqaga beriladigan ziyodaliklar qanday niyat bilan qilinganiga ko‘ra bo‘ladi.

So‘ngra Alloh taolo dedi: “Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, keyinchalik bergan narsalari ketidan (Allohga) minnat va (beriladigan faqirga) ozor yetkazmaydigan kishilar uchun Parvardigorlaridan mukofot bordir” (Baqara, 262). Allohga minnat qilish – tavfiq Undan ekanligini ko‘rmaslikdir. Sadaqa berilayotgan insonga aziyat yetkazish ham Alloh shu narsalarga muvaffaq qilganini ko‘rmaslikdir. So‘ngra Alloh sadaqa berayotgan odamiga minnat qilish misolini zikr etadi: “Molini odamlar ko‘rsin deb beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, (bergan) sadaqalari”(Baqara, 264), ya’ni amallarga beriladigan mukofotni o‘z ichiga olgan “qayta tirilish”ga ishonmaydigan odamning sadaqasi, go‘yoki o‘z molidan infoq qiladi, ammo shirk keltirishi uning nafaqasi va sadaqasini yo‘qqa chiqaradi. Xuddi shu kabi, mo‘min odamning sadaqasini minnat qilishi va aziyat yetkazishi yo‘qqa chiqaradi.

So‘ngra qayta tirilishga ishonadigan, Allohning jamolini istab, minnat va aziyatdan xoli bo‘lgan muxlis kishining nafaqasining misoli keltiriladi: “Mollarini Alloh rizoligini istab, samimiy dillaridan chiqarib sarf qiladigan kishilar, ya’ni qalblaridagi niyatlarini tasdiq etgan holda amalga oshiradilar, ular adirdagi boqqa o‘xshar, ya’ni tepa so‘lim joyda joylashgan boqqa o‘xshatiladi. Unga jala quygach, hosilini ikki barobar yetishtirar”, ya’ni samarasi ikki baravar bo‘ladi.

Manba: hidoyat. uz

Kiritildi: 06:15 16.03.2020. O'qildi: 2454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!