Amerikalik aktyor Al Pachino to‘rtinchi marta ota bo‘ladi. Uning rafiqasi Nur Alfalla farzand kutmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Gollivud yulduzining to‘rtinchi farzandi, uning rafiqasi Nur Afalla avvalroq Mik Jagger va milliarder Nikolas Berggruen bilan munosabatda bo‘lgan. Aktyorning rafiqasi esa ilk marta ona bo‘ladi.
Al Pachinoning sobiq rafiqalaridan uch nafar: aktyorlik sohasi bo‘yicha o‘qituvchi Yan Tarrant bilan turmushidan qizi Juli va aktrisa Beverli D’Anjelodan bilan turmushidan hozirda 22 yoshda bo‘lgan Oliviya va Anton ismli egizaklari bor.