Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Al Jazeera: G‘azoda kamida 15 nafar bola sovuqdan vafot etdi

Al Jazeera: G‘azoda kamida 15 nafar bola sovuqdan vafot etdi

Yaqinda G‘azo sektorida gipotermiya va unga bog‘liq asoratlar tufayli kamida 15 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Uning qayd etishicha, vaqtinchalik boshpana va yonilg‘ining yo‘qligi va mintaqadagi keskin sovuq qish faslini “yuzlab falastinlik oilalar uchun halokatli xavfga” aylantirgan. Ota-onalar farzandlarini isitish uchun ko‘rayotgan barcha choralarga qaramay, anklavda kamida 15 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklar gipotermiya tufayli vafot etdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda asosiy vositalar, ko‘rpa-to‘shak va issiqlik ta’minotiga katta ehtiyoj bor, ayni paytda mintaqaga insonparvarlik yordami va yonilg‘i yetkazib berish Isroil hukumati tomonidan hamon cheklanmoqda.

Avvalroq G‘azo va Xon-Yunis shaharlaridagi shifoxonalarda olti nafar bola halok bo‘lgani haqida ma’lum qilingan edi. PFBS shifoxonasi shifokorlarining ta’kidlashicha, anklavdagi minglab qochqinlar boshpanalarini isitish imkoniyatiga ega emas, bu esa, birinchi navbatda, bolalarda ko‘plab gipotermiya holatlarini keltirib chiqarmoqda, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 14:17 27.02.2025. O'qildi: 1384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!