Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Al Ittihod" Pogba uchun kurashga kirishdi

"Al Ittihod" Pogba uchun kurashga kirishdi

"Al Ittihod" "Yuventus" va "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Saudiya klubi "Monako" muzokara o‘tkazayotgan 32 yoshli fransuzning holatini kuzatib bormoqda. Monegasklar futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishdi.

Pogba 2024 yil oxiridan beri "Yuventus" u bilan shartnomani bekor qilganidan keyin erkin agent bo‘lib turibdi.

Futbolchi 2024 yil fevral oyida testosteron miqdori oshgani sababli dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun to‘rt yilga diskvalifikasiya qilindi. Oktyabr oyida diskvalifikasiya muddati 18 oygacha qisqartirildi, shu munosabat bilan futbolchi 2025 yilning mart oyidayoq rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin edi.

Kiritildi: 23:05 21.06.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!