Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Al Ittihod"ning asosiy transfer maqsadi aniq: Klub APL yulduzi uchun 120 mln yevro to‘lamoqchi

"Al Ittihod"ning asosiy transfer maqsadi aniq: Klub APL yulduzi uchun 120 mln yevro to‘lamoqchi

"Nyukasl Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Al Ittihod"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo‘lib turibdi.

ESPN xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi rahbariyati braziliyalik uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyor.

Futbolchining agenti Aleksis Malavolta o‘tgan hafta Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi va u yerda "Al Ittihod" vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, "Al Hilol" ham Gimaraesga qiziqish bildirmoqda, agar ular "Manchester Yunayted"dan Brunu Fernandeshni qo‘lga kirita olmasa, uni muqobil sifatida ko‘rmoqda.

26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "Nyukasl" safida 46 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:09 22.05.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!