O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “A. 2001” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg‘isining namunasi olib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
1️⃣ Bu kabi holat Surxondaryo viloyatidagi "I. T. B." MCHJga qarashli AYOQShda ham aniqlanib, dizel yoqilg‘isi davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.