Avvalroq, respublika hududlarida mart oyi boshida havo haroratining keskin soviganligini inobatga olib, tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan oylik bazaviy me’yor 15 martga qadar uzaytirilgani xabar qilingan edi.
Energetika vazirligi aholi iste’molchilari 16–31 mart kunlari yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gazga arzonlashtirilgan narxda to‘lashini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, bu quyidagicha bo‘ladi: bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15 mart kunlari) teng ulushlarda taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31 mart kunlari) teng ulushlarda taqsimlanganda esa 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradilar.