Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xorvatiya, Albaniya va Kosovo Serbiyaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Serbiya prezidenti

Xorvatiya, Albaniya va Kosovo Serbiyaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Serbiya prezidenti


Aleksandr Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, Xorvatiya, Albaniya va Kosovo o‘rtasida 2025 yil 18 mart kuni Tiranada imzolangan mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama deklarasiya harbiy aloqalarni mustahkamlash va Serbiyaga qarshi ittifoq tuzishga qaratilgan.

"Xorvatiya, Albaniya va Kosovo bizga hujum qilish uchun ittifoq tuzdi. Ushbu davlatlar Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi mojaroning kuchayishini hamda Yaqin Sharqda kattaroq urush boshlanadigan paytni kutishmoqda. Ular butun dunyodagi betartiblik o‘z harakatlariga imkon beradigan vaqtni poylashapti", — dedi Serbiya prezidenti.

Vuchich, shuningdek, Xorvatiya so‘nggi bir yarim yil davomida “Serbiyaning barqarorligiga putur yetkazishga va uning ichki ishlariga aralashishga urinayotganini” qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, u Belgrad harbiy neytrallik siyosatini saqlab qolgan holda NATO bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:22. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!