Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Agentlar Salohni «Real»ga taklif qilishdi

Agentlar Salohni «Real»ga taklif qilishdi

Agentlar Kilian Mbappening jarohati fonida, u bir necha hafta maydondan chetda qolishi mumkin ekani sababli, «Real»ga Muhammad Saloh nomzodini taklif qilishdi. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi»ga 33 yoshli vingerni 12 mln yevro evaziga ijaraga olish varianti taklif etilgan. Biroq madridliklar bu taklifni juda qimmat, deb hisoblab, rad etishgan.

Joriy mavsumda Saloh barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!