Agar Fransiya tomonidan qiziqish bo‘lsa, Putin Makron bilan muloqotga tayyor — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, ehtimoliy muloqot "pand-nasihat o‘qish"ga aylanib ketmasligi, konstruktiv shaklda bo‘lishi lozim.
"Agar o‘zaro siyosiy iroda mavjud bo‘lsa, bunday aloqalarni faqat ijobiy baholash mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi sammitidan keyin YEIni Putin bilan muloqotni tiklashga chaqirgan edi.