Ukraina TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Afrikaning 37 davlatiga mansub kamida 2 982 nafar fuqaro Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida jang qilmoqda, ulardan 486 nafari halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yana Afrikaning 17 davlati fuqarolari bo‘lgan 35 kishi Ukraina asirligida. Ukraina tashqi ishlar idorasi Rossiya afrikaliklarni yuqori maosh, ish yoki ta’lim, Rossiya fuqaroligi va ijtimoiy imtiyozlar va’dasi orqali yollayotganini bildirmoqda. Ayrim hollarda xorijliklar harbiy shartnomalarni rus tilida imzolashga majburlangan.
Ukraina diplomatik kanallar orqali bunday yollash holatlariga qarshi chora ko‘rishga va Afrika davlatlari hukumatlarini xabardor qilishga urinmoqda. Iyul oyida Botsvana hukumati ham o‘z fuqarolarini Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun yollash holatlari ko‘payganini ma’lum qilgan.