Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Afg‘onistonning Haj va vaqf ishlari vaziri boshchiligidagi delegasiya Toshkentga keldi

A A A
Afg‘onistonning Haj va vaqf ishlari vaziri boshchiligidagi delegasiya Toshkentga keldi

Shu yil 16 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Afg‘oniston Haj va vaqf ishlari vaziri Mavlaviy Nur Muhammad Saqib boshchiligidagi delegasiyasini qabul qildilar.

🤝Muloqotda tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqalar rivojlanib borayotgani, turli yo‘nalishlardagi hamkorlik munosabatlari, yaqin qo‘shnichilik va do‘stlik aloqalari mustahkamlanayotganini bildirdilar. Shuningdek, davlatimiz rahbari bir necha bor dunyo hamjamiyatiga Afg‘onistonda tinch va osuda hayot uchun taqdim etgan tashabbuslari o‘zining ijobiy natijasini berayotganini alohida qayd etdilar.

⏺Din peshvolari o‘zbek va afg‘on xalqlarini azal-azaldan mushtarak maqsadlar birlashtirib turishini ifodalash barobarida ulamolar hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida aloqalarni joriy etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

☪️Mehmonlar O‘zbekiston zamini qadim-qadimdan ilm-ma’rifat taraqqiy etgan yurt ekani, dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqanini e’tirof etish barobarida ayni kunlarda ham ushbu diyorda turli sohalar jadal ravnaq topayotgani, ayniqsa, diniy-ma’rifiy yo‘nalishda yaxshi natijalarga erishilayotganini yuqori baholadi.

📍Afg‘oniston delegasiyasi “Hazrati Imom” majmuasi, Islom sivilizasiyasi markazi va Toshkent islom institutida ham bo‘lib, poytaxtimizdagi “Islomobod” jome masjididagi taroveh namozida ishtirok etdi.

Kiritildi: 10:16 19.03.2024. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!