Bu haqda mamlakat rasmiylari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir sutkaning o‘zida toshqinlar sababli mamlakat shimolidagi Bag‘lon viloyatida 15 kishi, shimoli-sharqdagi Badaxshonda ikki kishi va markaziy Vardak viloyatida bir kishi halok bo‘ldi.
Badaxshonlik mahalliy rasmiy esa viloyatda yana ikki nafar fuqaro bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu yerda 100 dan ortiq turar joy binolari butunlay vayron bo‘lgan.
Afg‘onistonning katta qismida 20 maydan beri kuchli yomg‘ir yog‘moqda. Bu esa ko‘plab viloyatlarda toshqinlarni keltirib chiqardi.