Afg‘onistoning G‘ur viloyatida og‘ir iqtisodiy ahvol, ishsizlik va ochlik tufayli ayrim oilalar qizlarini sotish yoki erta turmushga berishga majbur bo‘layotgani aytilmoqda.
Mahalliy fuqaro Abdul Rashid Azimiy 7 yoshli egizak qizlaridan birini sotishga tayyorligini bildirib:
“Bir qizimni sotsam, qolgan farzandlarimni kamida to‘rt yil boqaman”, degan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda millionlab insonlar ocharchilik xavfi ostida yashamoqda. Ayollar ta’limi va ishiga qo‘yilgan cheklovlar esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.