Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonda topilgan sovet uchuvchisining qizi: Onam otamni 30 yil kutdi

Afg‘onistonda topilgan sovet uchuvchisining qizi: Onam otamni 30 yil kutdi

Avvalroq Afg‘onistonda sobiq ittifoq qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan 30 yil o‘tib sovet uchuvchisi topilgani ma’lum qilingandi. Uchuvchi raqib kuchlari tomonidan urib tushirilgan va bedarak yo‘qolgan deb hisoblab kelingan. Aniqlanishicha, uchuvchining ismi Sergey Pantelyuk bo‘lib, uning qizi Larisa Pantelyuk o‘z oilasi haqida so‘zlab berdi. Batayskda yashovchi 31 yoshli Larisaning aytishicha, u hech qachon otasini ko‘rmagan: otasi Larisaning onasi unga homiladorlikning 7-oyida bo‘lganda Afg‘onistonga xizmat qilgani ketgan.

Larisa dunyoga kelgandan 4 oy o‘tib katta leytenant Pantelyuk Afg‘onistonning Qo‘narida urib tushirilgan. Barcha sa’y-harakatlarga qaramay, o‘shanda uchuvchi topilmagan.

“Onam otam Afg‘onistonda yo‘qolib qolganini eshitgach, sochlariga bir kechaning o‘zida oq tushib ketgan. Onam boshqa erga tegmagan va otamni kelishini kutgan”, deb aytgan Larisa.

Uning aytishicha, onasi unga otasi haqida 16 yoshga to‘lgandagina bor haqiqatni aytib bergan.

Larisaning ta’kidlashicha, Rostov viloyatida uning otasiga bag‘ishlangan uchta yodgorlik, Afg‘onistonda esa yana bir yodgorlik bor.

Avvalroq Rossiya desantchilari ittifoqi rahbari Valeriy Vostrotin Afg‘onistonda 1987 yilda yo‘qolib qolgan uchuvchi tirik ekanini ma’lum qilgan.Vostrotin uchuvchining ismini oshkor qilmagan. Keyinroq “Kommersant” nashri 30 yildan keyin topilgan harbiyning nomi Sergey Pantelyuk ekanini ma’lum qilgan.

Manba: kun,uz

Kiritildi: 08:12 02.06.2018. O'qildi: 1762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!