Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AFA tasdiqladi: Messi 6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi

AFA tasdiqladi: Messi 6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi

Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia 39 yoshli hujumchi Lionel Messi 6 oktyabr kuni milliy terma jamoa safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishini tasdiqladi.

Bu kuni Argentina terma jamoasi Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

«Lionel Skaloni bilan suhbatdan so‘ng dunyoning eng yaxshi futbolchisi, milliy terma jamoamizning ramzi va sardorimiz Lionel Messini taklif qilishga qaror qildik. U 6 oktyabr kuni Argentinada terma jamoa bilan munosib ravishda xayrlasha oladi», — deya Tapianing so‘zlarini keltiradi ESPN.

Tapia, shuningdek, 2022 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi bilan g‘olib chiqqan boshqa futbolchilarni ham Messining xayrlashuv marosimiga taklif qildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
6 oktyabr 2026 yil, seshanba. Buenos-Ayres, «Monumental» stadioni.
Argentina — Benin

Kiritildi: 15:50 16.09.2026. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!