Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Adliya vazirligi intellektual mulk himoyasi bilan bog‘liq boshqa davlat tashkilotlarini ham faol bo‘lishga chaqirdi

Adliya vazirligi intellektual mulk himoyasi bilan bog‘liq boshqa davlat tashkilotlarini ham faol bo‘lishga chaqirdi

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida «Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish jarayonlarini zamonaviy tendensiyalar orqali takomillashtirish» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar departament ish faoliyati, talabnomalarni qabul qilish, intellektual mulk ob’ektlari uchun patent va guvohnomalar berishgacha bo‘lgan ekspertiza tartibi bilan tanishdilar. So‘ngra Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘limlari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi bo‘lim ish faoliyatidan xabardor etildi.

Matbuot anjumanida 2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovasiyalarni joriy etish mexanizmlari, kontrafakt mahsulotlar va asarlar realizasiyasining oldini olish hamda intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berildi.

Xususan, 2022–2026 yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Unda 2022–2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha 38 ta tadbirni nazarda tutuvchi Yo‘l xaritasi tasdiqlangan. Yo‘l xaritasiga muvofiq «Faol muallif» reestri ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Mazkur reestrda mualliflik huquqi ob’ektlari va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.

Shuningdek, «IP Protection» axborot portali ishlab chiqildi. Ushbu portal orqali intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan va tarqatilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va tarqatuvchilarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda idoralararo axborot almashinuvi amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Darhaqiqat, vazirlik tomonidan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni ta’sirchan huquqiy mexanizmlar bilan himoya qilish bo‘yicha sezilarli darajada o‘zgarishlar amalga oshirilgan.

Xususan, respublika miqyosida o‘tkazilgan «Kontrafaktsiz oy» oyligi davomida 2021-2022 yillarda 3000 xildagi kontrafakt mahsulotlar realizasiyasi aniqlangan. Mazkur huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 137 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, tegishli tashkilotlarga 600 ta ogohnoma va 180 ta taqdimnoma kiritilgan.

Mas’ullar tomonidan ishtirokchilarga Intellekutal mulk ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari yuzasidan 2022 yil davomida qo‘llanilgan ta’sir choralar, xususan, profilaktika kuzatuv tadbirlari hamda murojaatlar asosida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 823 ta holatda qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohnomalar, 779 ta holatda qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar, 138 ta holatda ma’muriy huquqbuzalik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, shundan 117 ta shaxsga nisbatan jami 124 mln so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangani haqidagi aniq raqamlar taqdim etildi.\

Ma’lumot uchun, soha bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari ham zamon talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilgan. Xususan, intellektual mulk ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun yuridik shaxslarning korporativ javobgarligi belgilandi. Yuridik shaxslar intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarimaga tortilishi belgilandi.

Yig‘ilishda intellektual mulk himoyasi bilan bog‘liq vazifalar tegishli davlat organlarining axborot xizmati xodimlari o‘z faoliyatlari davomida intellektual mulk bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muntazam ravishda OAV va ijtimoiy tarmoqalar orqali yoritib borish lozimligi ta’kidlandi.

Anjuman yakunida mas’ullar vazirlik tomonidan intellektual mulk sohasi bo‘yicha xalqaro va milliy ekspertlar muloqot maydonini yaratish maqsadida 2023 yilning may oyida «XXI asrda intellektual mulk» mavzusida xalqaro forumi o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildilar.

Kiritildi: 11:53 16.12.2022. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!