Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi

Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi

▪️Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8 iyunga qadar qabul qilinadi.

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

➖ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etish tushuniladi;

➖ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

➖ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

➖ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

❗️Tavsiyanomalar soniga cheklov yo‘q. Ajratilgan kvota soni — 2 mingta. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo‘lsa, shular orasidan 2 ming kishi qo‘shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

Kiritildi: 15:26 06.06.2023. O'qildi: 2154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!