speedsdb.com sayti futbolchilarning tezligi borasidagi ma’lumotlarni taqdim etib bormoqda. Biroq u yerdagi raqamlar u qadar aniq emas.
Xususan, "Manchester Siti" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2025 yil 8 mart kuni "Nottingem Forrest"ga qarshi o‘yinda 36,29 km/soat tezlik qayd etgan, lekin bu ko‘rsatkich reytingda inobatga olinmagan. Bundan tashqari, Husanov "Lans" safida harakat qilgan vaqtida ("Reyms"ga qarshi bahsda, 2024 yil 29 noyabr) 37 km/soat tezlikka erishgan edi.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov yo sayyoraning eng tezkor 10 nafar futbolchisi qatoridan joy olgan, yoki kamida kuchli o‘nlikka juda yaqin masofada turibdi.