O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov (35 million yevro) Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Osiyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi.
Ushbu nashr Bundesligada to‘p surayotgan futbolchilarning narxini yangiladi. Natijada “Bavariya”ning janubiy koreyalik himoyachisi Kim Min Dje qiymati 40 million yevrodan 32 million yevroga tushdi va Husanov ro‘yxatning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir jarohati sabab “shaharliklar” safida bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi. Biroq so‘nggi kunlarda uning safga qaytgani haqida xabar berildi.