Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da yil o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da yil o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi

«Manchester Siti» 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra "Etihad Player of the Season" sovriniga da’vogar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar qatoriga O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham kiritildi. Jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lib, u 15 maygacha davom etadi.

Shundan so‘ng hal qiluvchi bosqichga chiqadigan uch nafar finalchi aniqlanadi.

Qayd etish joiz, joriy mavsumda Husanov «shaharliklar» safida ikki marta — yanvar va mart oylarida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

O‘tgan mavsumda esa «Manchester Siti»ning eng yaxshi futbolchisi sovrini xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiolga nasib etgan edi.

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da yil o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi

Kiritildi: Bugun 11:14. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!