Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi (video)

Hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi (video)

❗️ So‘nggi vaqtlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning fosh etilayotgani – bu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligini ko‘rsatmoqda.

❌ Jumladan, Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tamagirlik yo‘li bilan 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer “Qum Sulton” massivida joylashgan ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli, ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda yordam berishini so‘rab ushbu hokim o‘rinbosariga murojaat qilgan.

Mansabdor shaxs esa ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

Hozirda tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: Bugun 10:05. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!