Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Abduqodir Husanov eng kuchli tomonini ochiqladi

Abduqodir Husanov eng kuchli tomonini ochiqladi

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Himoyachi sovrinni qabul qilib olgach, klubning rasmiy sahifasiga kichik intervyu berdi.

— Eng sevimli o‘zbek taomingiz qaysi?

"Barcha o‘zbek taomlarini yaxshi ko‘raman."

— Futboldan boshqa yana nimalarga qiziqasiz?

"Men PlayStation’da o‘yin o‘ynab turaman."

— Sizning eng kuchli tomoningiz qaysi?

"Himoyachi sifatida tezligimni ayta olaman."

— Futboldagi orzuyingiz nima?"

"Barcha sovrinlarni yutish."

— Hozirgacha eng yoqqan o‘yiningiz qaysi?

"Etihad" stadionidagi barcha uchrashuvlar."

Xosep Gvardiolaning qanday jihatlari o‘yiningizga ta’sir qilgan?

"Uning taktikasi, intensivligi va bahslarga bo‘lgan ishtiyoqi."

Ma’lumot uchun, bugun "shaharliklar" APL doirasida "Lids"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi.

Kiritildi: Bugun 19:55. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!