Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov "Brayton" hujumchilariga imkon qoldirmadi

Abduqodir Husanov "Brayton" hujumchilariga imkon qoldirmadi

Angliya Premyer-ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Brayton" uchrashuvi 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvdagi gollarga Erling Xoland (41' penalti) va Kauri Mitoma (60') mualliflik qilishdi. Ushbu bahsda "shaharliklar" sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Abduqodir Husanov to‘liq maydonda harakat qildi.

O‘yin davomida Husanov quyidagi statistikani qayd etdi:

Paslar (aniqligi) — 66/71 ta (93%)

To‘p tortib olishlar — 2 ta

So‘nggi himoyachi sifatida to‘xtatish — 1 ta

To‘pni uzoqlashtirish — 2 ta

Bosh bilan to‘pni uzoqlashtirish — 2 ta

To‘pni yo‘lda to‘sib olish — 2 ta

To‘pni qaytarib olishlar — 7 ta

Raqib tomonidan aldab o‘tilish — 0 ta

Erda kechgan yakkakurashlarda g‘alaba — 3/3 (100%)

Havodagi yakkakurashlarda g‘alaba — 1/1 (100%)

Qoidabuzarlik bilan to‘xtatilgan — 1 marta

Qoidabuzarlik sodir etish — 0 marta

Ma’lumot o‘rnida, APLning 22-turidan "Manchester Siti" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 03:29 08.01.2026. O'qildi: 2231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!