«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov oilaviy sabab jamoasining «Atletiko»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi.
Jurnalist Narzulla Saydullayev ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik futbolchi bobosining vafoti munosabati bilan klub rahbariyatidan Janubiy Koreyadagi mavsumoldi yig‘inni erta tark etishga ruxsat so‘ragan.
Hozirda Husanov Toshkentda ekani aytilmoqda. U yaqin vaqt ichida Manchesterga yo‘l olib, «Manchester Siti»ning asosiy qarorgohidagi mavsumoldi tayyorgarlik jarayoniga qo‘shiladi.
Shu tariqa, 22 yoshli himoyachi bugungi «Atletiko»ga qarshi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.