Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayevning SSKA bilan xayrlashuv maktubi

Abbosbek Fayzullayevning SSKA bilan xayrlashuv maktubi

Kecha Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi SSKAdan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayevni sotib oldi.

21 yoshli futbolchimiz o‘z Instagram sahifasida moskvaliklar bilan xayrlashdi.

"SSKA rahbariyati va murabbiylariga, xususan Vladimir Fedotov hamda Marko Nikolichdan juda minnatdorman. Bu klubda sidqidildan mehnat qilib, muxlislar ishonchini oqlashga harakat qildim. Jamoadoshlarim va klub xodimlariga ham tashakkur. Ular meni iliq kutib olishdi. SSKA orqali terma jamoada o‘z o‘rnimni topdim, Olimpiadada qatnashdim va jahon chempionatiga yo‘llanma oldik. SSKA va uning muxlislaridan minnatdorman. Klub doim qalbimda qoladi.

Endi men "Bashakshehir" futbolchisiman. Bu — yangi bosqich va katta imkoniyat. Turkiya madaniyati bizga yaqin, chempionat esa kuchli va raqobatbardosh. "Bashakshehir" bilan Yevrokuboklarda o‘ynash menga katta ilhom beradi. Klubga yordam berishga tayyorman", dedi Fayzullayev.

Kiritildi: 20:08 31.07.2025. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!