SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich AYEKni boshqarishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Gresiya klubi serbiyalik mutaxassisning Moskva klubi bilan shartnomasining so‘nggi bir yilini 600 ming yevroga, ya’ni badal puli miqdoriga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Murabbiyning SSKAdan ketishining asosiy sabablari uning yonida oilasi yo‘qligi va yevrokuboklarda ishtirok etish imkoniyati borligidir.
Ma’lumot uchun, hozirda "harbiylar" safida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev harakat qiladi.