Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Abbos Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shildi

Abbos Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shildi

Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev bugun Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi va O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shildi.

Armiyachilar 1 iyun kuni Rossiya kubogi finalida "Rostov"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev mazkur o‘yinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasi 5 iyun kuni BAAga qarshi JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan muhim o‘yinni o‘tkazadi. Uchrashuv 21:00da start oladi.

Kiritildi: 18:31 03.06.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!