Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Abbos Aroqchi ertaga Putin bilan uchrashadi

Abbos Aroqchi ertaga Putin bilan uchrashadi

Eronning bosh diplomati Abbos Aroqchi bugun, 22 iyun kuni Moskvaga uchib ketishini, ertaga, 23 iyun ertalab esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Istanbulda, Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Aroqchiyning o‘zi ma’lum qildi.

«Men bugun tushdan keyin Moskvaga boraman va ertaga Rossiya prezidenti bilan jiddiy maslahatlashuvlar o‘tkazaman.

Rossiya – Eronning do‘sti. Biz har doim bir-birimiz bilan maslahatlashamiz va pozisiyalarimizni muvofiqlashtiramiz,» dedi u.

Aroqchiyning ta’kidlashicha, Eron AQSh bilan olib borilayotgan yadroviy dastur bo‘yicha so‘nggi muzokaralar haqida Moskvani muntazam ravishda xabardor qilib turgan.

Bu tashrif AQSh tomonidan Erondagi yadroviy inshootlarga uyushtirilgan havo zarbalari ortidan, keskinlik kuchaygan bir vaqtda amalga oshmoqda. Aroqchiy Eron va Rossiya o‘z diplomatik strategiyalarini muvofiqlashtirishga intilayotganini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: 19:38 22.06.2025. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!