Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

2 mart kuni e’lon qilingan xabarda qayd etilishicha, elchi mamlakat prezidenti Miriam Spiteri Debonoga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Tadbir davomida tashkil etilgan uchrashuv davomida Malta rahbari ikki davlatning geografik uzoqligiga qaramay, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq manfaat va maqsadlar borligini qayd etib o‘tgan.

Ikki davlatning xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasidagi nomzodlari va tashabbuslarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari 2024 yil sentyabr oyida Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidagi ishtiroki doirasida ilk bor uchrashuv o‘tkazgan edi. 2025 yilning yanvarida Karmelo Inguanez Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlangandi.

Kiritildi: 19:13 02.03.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!