Italiya chempionatining 29-turida "Fiorentina" o‘z maydonida "Yuventus" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 3:0.
O‘yindagi ilk gol 15-daqiqada Robin Gosens tomonidan kiritildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Rolando Mandragora hisobdagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Albert Gudmyundsson hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
"Fiorentina" ochkolarini 48 taga yetkazib, A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Yuventus" 52 ochko bilan beshinchi o‘rinni saqlab turibdi.
30 mart kuni "binafsharanglilar" "Atalanta"ga qarshi maydonga tushadi. Turin klubi bir kun avval o‘z maydonida "Jenoa"ni qabul qiladi.