Rimning "Roma" klubi A Seriya 29-turida "Kalyari"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Artyom Dovbik tomonidan 62-daqiqada kiritilgan gol rimliklarga 3 ochko keltirdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 72-daqiqada aynan Dovbik o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
"Roma" 49 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Kalyari" 26 ochko bilan 15-o‘rinda.