Moskva 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari kelishini kutmoqda.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Endi aytishimiz mumkinki, biz 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlarini kutmoqdamiz" - dedi Peskov seshanba kuni jurnalistlarga.