Turkiyalik uy bekasi Selma Shaxin grafik dizayn kurslarini ikki yil davomida o‘rganib, muvaffaqiyatli tamomladi. Uning aytishicha, ko‘pchilik unga bu yoshda uyda o‘tirishni maslahat bergan, biroq u ta’lim olishidan va faqat kompyuterni emas, balki amaliy dasturlarni ham o‘zlashtirganidan juda mamnun.
Selmaning ikki qizi va to‘rt nafar nabirasi bor. Vaqtida u oiladagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli maktabni tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Uning kursdoshlari esa ulug‘ yoshdagi hamkurslarini ilhom manbai sifatida qabul qilishmoqda.