Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

600 dan ortiq chililik advokatlar Isroil bosh vaziri ustidan sudga murojaat qildi

A A A
600 dan ortiq chililik advokatlar Isroil bosh vaziri ustidan sudga murojaat qildi

Chililik advokatlar delegasiyasi 12 mart kuni Xalqaro jinoiy sudga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi Falastin hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun da’vo arizasi berdi.

Da’voni 620 nafar chililik huquq ekspertlari, jumladan, Ispaniyaning Valensiya universitetidan senator Fransisko Chajuan va Rodolfo Markone-Lo Presti imzolagan. Bu haqda bayonotni imzolaganlardan biri bo‘lgan Chilining Iordaniyadagi sobiq elchisi, asli falastinlik chililik Nelson Hadad Anadolu agentligi muxbiriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, da’voga Isroil rasmiylari, jumladan, Mudofaa vaziri Yoav Gallant tomonidan G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda, jumladan, Sharqiy Quddusda falastinliklarga nisbatan genosid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari sodir etilgani haqida dalillar keltirilgan.

Kiritildi: 22:00 19.03.2024. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!