Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

6 oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan 34 kishi javobgarlikka tortildi

6 oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan 34 kishi javobgarlikka tortildi

Oliy sud hayvonlarni qasddan qiynash jarima yoki 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanishini ma’lum qildi.

2025 yilning birinchi yarmida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari bo‘yicha 34 fuqaro javobgarlikka tortildi. Oliy sud matbuot kotibi ma’lum qilishicha, ulardan 32 nafari jarimaga tortilgan, yana ikki nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020–2024 yillar davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi asosida jami 397 kishi jazoga tortilgan. Ularning 363 nafari jarima to‘lagan, 34 nafari esa ma’muriy qamoq jazosini o‘tagan.

Qonunchilikka muvofiq, hayvonlarni qasddan qiynash, ularga azob berish yoki ularning o‘limiga sabab bo‘lish jarima yoki 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi. Takroran sodir etilgan hollarda esa jarima miqdori ko‘payadi yoki qamoq muddati uzaytiriladi. 2021 yildan boshlab esa Jinoyat kodeksiga ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat haqidagi alohida modda kiritilgan.

Avvalroq Buxoroda tor qafasda saqlanayotgan ayiq ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlardan so‘ng kattaroq joyga ko‘chirilgani haqida xabar berilgandi. Faollar ta’kidlashicha, mazkur hayvon 10 kundan ortiq noqulay sharoitda yashashga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 15:12 16.09.2025. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!